Iqtisodçi bilan şaxsiy konsultatsiya

Pulingiz qayerga ketyapti? Birga xaritasini çizamiz.

Oy oxirida pul qayerga ketganini aniq ayta olasizmi? Agar javobingiz «taxminan» bölsa, bir uçraşuvda raqamlaringizni iqtisodçi közi bilan körib çiqamiz. Oxirida qölingizda aniq reja qoladi.

Anketa — 1 daqiqa. Vaqtni menejerim siz bilan kelişib oladi.

HOZIRMAQSAD
1 ta uçraşuv · 90 daqiqa 2 400 000 söm
$200 · Markaziy bank kursi böyiça
  • Onlayn yoki yuzma-yuz, Toşkentda
  • Daromad va maqsadingizga moslab
  • Oxirida — yozma pul xaritasi va reja
02 — Hisoblaş

Sezmay ketayotgan pulingiz qança?

Kofe, fast-fud, taksi, ovqat yetkazib beriş, obunalar, onlayn dökon xaridlari — har biri kiçik, birgalikda esa katta summa. Kuniga taxminan qança sarflanişini kiriting.

Bir oyda750 000 söm
Bir yilda9 125 000
söm

Daromadingizni kiritsangiz, bu summa uning qança qismi ekanini körasiz.

Bu bir uçraşuv narxidan 3,8 baravar köp. Bu kofeni taşlaş kerak degani emas. Bu raqam yolğiz ma’no bermaydi: kimdir uçun u katta summa, kimdir uçun kiçik. Hammasi daromadingiz va maqsadingizga boğliq. Uçraşuvda aynan sizning raqamlaringiz asosida qaysi xarajat foyda beradi va qolişi kerak, qaysi biri foydasiz ketyapti — şuni ajratamiz.

Öz xaritamni oliş

Hisob taxminiy: kunlik summa × 30 va × 365.

Yondaşuv

Maqsad — xarajatni kesiş emas, uni töğri taqsimlaş

Bir odam uçun ortiqça sanalgan xarajat boşqasi uçun zarur bölişi mumkin. Şuning uçun hammaga bir xil qoida bermayman: reja sizning daromadingiz va maqsadingizdan kelib çiqib tuziladi.

«Hamma ham kofedan voz keçişi şart emas. Agar kofe sizga quvonç bersa, u rejada qoladi — pul esa foyda bermayotgan joydan topiladi.»

Hayot sifati tuşmaydi. Siz faqat har bir söm qayerga ketayotganini bilasiz va uni özingiz tanlagan joyga yönaltirasiz. Pulingizga özingiz xöjayin bölasiz.

03 — Kim uçun

Bu uçraşuv sizga kerak, agar…

Quyidagilardan kamida bittasi taniş bölsa, gaplaşiş vaqti keldi.

01

Oylik keladi, lekin oy oxirigaça yetmaydi

Pul qayerga ketganini özingiz ham aniq ayta olmaysiz.

02

Pul yiğişni boşlaysiz, lekin har safar buziladi

Bir-ikki oy çidaysiz, keyin hammasi eski holiga qaytadi.

03

Katta maqsad bor, lekin yöli körinmaydi

Uy, maşina, öqiş yoki öz işingiz uçun qança kerak va qaçongaça yiğiş mumkinligini bilmaysiz.

04

Bölib tölaşlar köpayib ketgan

Har oy oylikning katta qismi eski xaridlarga ketyapti.

Savolingiz faqat pul haqida bölmasa ham yozavering

Pul köpinça hayotdagi boşqa masalalar bilan boğliq: vaqt, maqsad, odatlar, qaror qabul qiliş. Hayotingizni tartibga solişga oid şaxsiy savollar bilan ham murojaat qilişingiz mumkin. «Bu savolni bera olmayman» deb öylamang, birga körib çiqamiz.

Bu uçraşuv siz uçun emas, agar…

  • tez boyiş yöli kerak bölsa;
  • aksiya, kripto yoki kredit tanlaş böyiça maslahat kerak bölsa;
  • raqamlaringizni oçiq körsatişga hali tayyor bölmasangiz.
04 — Natija

Uçraşuvdan keyin qölingizda nima böladi

Umumiy maslahat emas — sizning daromad, xarajat va maqsadingiz asosida tuzilgan yozma reja.

I

Şaxsiy pul xaritangiz

Pul qayerdan keladi va qayerga ketadi — bitta sahifada, aniq körinişda.

II

Qisqartirsa böladigan xarajatlar

Qaysi xarajat sizga foyda bermayotganini va undan qanday voz keçişni körasiz.

III

Maqsadga yöl

Maqsadingizga qança kerak, qaçongaça va har oy qança ajratiş kerakligi.

IV

Ertaga boşlanadigan birinçi qadam

Reja qoğozda qolib ketmasligi uçun — aniq kun va aniq harakat.

05 — Kim bilan gaplaşasiz

Sizga aksiya, kripto yoki «tez boyiş» yölini sotmayman. Iqtisodiy tafakkurni örgataman: har bir söm qayerga ketayotganini va uni nimaga almaştirayotganingizni köramiz.

«Farovonlik qanotlari harakat va qanoatdir.»

Ilmiy darajaAbbosxon Jalolov — iqtisodiyot fanlari böyiça falsafa doktori (PhD)
Mukofot2021 — «Yilning eng yaxşi yoş iqtisodçisi»
Kurs«Pul xaritasi» kursi muallifi
06 — Jarayon

Qanday ötadi

  1. 01

    Ariza qoldirasiz

    Pastdagi anketani töldirasiz — bir daqiqa vaqt oladi.

  2. 02

    Menejer boğlanadi

    Menejerim Telegram orqali siz bilan boğlanadi, kun va formatni kelişib oladi.

  3. 03

    Raqamlarni tayyorlaysiz

    Oxirgi 1–2 oydagi daromad va xarajatlaringizni taxminan yozib kelasiz.

  4. 04

    Uçraşuv

    90 daqiqa: onlayn (Zoom yoki Telegram) yoki Toşkentda yuzma-yuz. Birga xaritani çizamiz va rejani tuzamiz.

08 — Savollar

Köp beriladigan savollar

Bu narx qimmat emasmi?

Narx bir martalik. Sezmay ketayotgan xarajat esa har oy takrorlanadi — buni yuqoridagi hisobda özingiz körişingiz mumkin. Uçraşuvdan keyin qaysi xarajatni qoldiriş, qaysi birini qisqartirişni özingiz hal qilasiz.

Natija bölmasa-çi?

Uçraşuv oxirida qölingizda yozma reja böladi. Uni bajariş sizga boğliq: men yöl körsataman, yölni esa siz bosasiz.

Pulni qayerga tikişni aytasizmi?

Yöq. Men investitsiya maslahatçisi emasman. Men sizning daromad va xarajatlaringiz bilan işlayman: pul qayerga ketyapti va uni maqsadingiz tomon qanday yönaltiriş mumkin.

Konsultatsiya «Pul xaritasi» kursidan nimasi bilan farq qiladi?

Konsultatsiya — bitta uçraşuvda faqat sizning holatingizni körib çiqiş. Kurs — 8 hafta davomida pul bilan işlaşni bosqiçma-bosqiç örganiş.

Raqamlarim boşqalarga körinmaydimi?

Yöq. Ma’lumotlaringiz faqat siz bilan işlaş uçun kerak va heç kimga berilmaydi.

Tölov qanday qilinadi?

Click yoki Payme orqali, rasmiy yagona QR kod bilan. Summa sömda, Markaziy bankning tölov kunidagi kursi böyiça hisoblanadi.

Keyingi qadam

Pulingiz xaritasini birga çizamiz.

Anketa — 1 daqiqa. Menejerim Telegram orqali boğlanib, vaqtni kelişib oladi.